Tataristonga hujumdan maqsad dron zavodiga zarba berish edi – OAV
Olam
−
02 aprel
9073Avvalroq, Rossiyaning Tatariston respublikasi hududiga dron hujumi uyushtirilgani xabar qilingandi. Endilikda ushbu hujum Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan operatsiya ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda maxsus xizmatlardagi manbasiga tayanib, RBK-Ukraina xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, havo hujumi nishoni rossiyaliklar “Geran-2” deb markalaydigan Shahed kamikadze dronlarini yig‘uvchi zavod bo‘lgan. Nashr suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, zarba oqibatida ishlab chiqarish quvvatlari sezilarli darajada vayron bo‘lmoqda.
Qayd etish joizki, Tatariston hududiga uyushtirilgan mazkur hujum Ukrainada urush boshlangandan beri birinchi amalga oshirilmoqda. Rasmiy ravishda mahalliy hokimiyat hujumga uchragan korxonalar nomini ochiqlamagan. Ammo gap "Alabuga" maxsus iqtisodiy zonasi haqida ketayotgani ko‘rsatilgan, u Ukraina bilan chegaradan 1000 km uzoqlikda joylashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur iqtisodiy zonada “Elaz-Nefteproduct” neftni qayta ishlash zavodi va “Shahed” dronlarini ishlab chiqarish zavodi mavjud. Shuningdek, hududda ushbu zavod ishchilari uchun yotoqxonalar bor. Mahalliy OAVning xabar qilishicha, bitta dron zavodga, yana ikkitasi esa yotoqxonaga urilgan.
Eslatib o‘tamiz, 12 martga o‘tar kechasi Rossiyaning to‘qqiz viloyati rasmiylari dron hujumi haqida xabar bergan edi. Dronlar Belgorod, Bryansk, Voronej, Kursk, Leningrad, Moskva, Nijniy Novgorod, Oryol va Tula viloyatlariga hujum qildi. Nijniy Novgorod va Oryol viloyatlarida yonilg‘i quyish inshootlari hujumlar oqibatida zarar ko‘rgan. 13 martga o‘tar kechasi Rossiyaning besh viloyatiga dron hujumi uyushtirildi.
LiveBarchasi