Tataristondagi qurilishda o‘zbekistonlik talaba fojiaviy halok bo‘ldi
Olam
−
22 may 2021
14359Tataristonning Naberejniye Chelni shahrida 21 yoshli o‘zbekistonlik talaba qurilayotgan uyning beshinchi qavatidan yiqilib vafot etdi. Bu haqda Tatariston prokuraturasi matbuot xizmati xabar bergan.
Fojia 20 may kuni 33-mikrorayonda qurilayotgan uyning qoliplari demontaj qilinayotganda sodir bo‘lgan.
Yigit o‘limidan bir kun oldin qurilish maydoniga ishga joylashgan. U ikki kun ichida amaliyot o‘tashi kerak bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, hodisaning sabablari va holatlari tekshirilmoqda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, yigit mart oyida 21 yoshga to‘lgan. U universitet yotoqxonasida yashab kelgan.
LiveBarchasi