Tataristondagi fermada 5 o‘zbekistonlik yonib ketdi (video)
Olam
−
24 dekabr
7985Rossiyaning Tatariston Respublikasi Malorechenskiy qishlog‘ida yong‘in oqibatida olti erkak halok bo‘ldi. Ularning 5 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Malorechenskiy qishlog‘idagi chorvachilik kompleksi hududida ishchilar vaqtincha yashashi uchun mo‘ljallangan uy yonib ketgan. Binoda jami 39 kishi bo‘lgan. Ulardan 33 nafari mustaqil ravishda tashqariga chiqishga erishgan, bir kishi esa jarohat olgan. Yong‘in 300 kvadrat metr maydonda sodir bo‘lib, uni o‘chirishda Rossiya FVVning 14 xodimi va to‘rtta texnikasi ishtirok etgan.
Yong‘in o‘chirish vaqtida olti erkakning jasadi topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan. Baza Telegram-kanali xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 5 nafari O‘zbekiston fuqarosi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi uylardan birining yerto‘lasidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi bo‘lgan sumka topilgan edi.