Tataristondagi hujumda 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
10 avgust 7790 1 daqiqa
Avvalroq, 10 avgust kuni ertalab Ukraina dronlari Tataristonning Nijnekamsk shahriga hujum qilgani, buning oqibatida esa dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 nafar odam halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari borligi ham aytilgandi.
Rasmiy manbada qayd etilishicha, mazkur hujum oqibatida 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi konsulxonasi Telegram-kanalida xabar qildi.
Tatariston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 39 kishi turli darajada jarohat olgan.
Konsulxona axborotiga ko‘ra, mazkur mudhish voqea oqibatida, O‘zbekiston Respublikasining 7 nafar fuqarosi – A.D.K., U.S.A., B.O.M., A.R.E., X.D.R., X.F.F. va I.D.F. ham halok bo‘lgan.
Bosh konsulxona halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Ayni vaqtda mazkur holat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, hodisaga aniqlik kiritish maqsadida mahalliy mas’ul vakolatli idoralar va tergov organlari bilan zarur aloqalar o‘rnatilgan.
Halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish va zarur rasmiy jarayonlar yakunlanganidan so‘ng ularni Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi ma’lum qilingan.
Live
Barchasi