Ukraina Tataristonga hujum qildi. Qurbonlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor (video)

Olam

image

Bugun, 10 avgust kuni ertalab Ukraina dronlari Tatarstonning Nijnekamsk shahriga hujum qildi. Hujum oqibatida halok bo‘lgan 13 kishining orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham bor. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Nijnekamsk meri Radmir Belyayev halok bo‘lganlar orasida bola ham borligini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, dronlar sanoat ob’ektlaridan tashqari turar joylarga ham zarba bergan.

Hujum oqibatida respublikada motam e’lon qilingan.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ham Nijnekamskdagi “Taneko” neftni qayta ishlash zavodiga zarba berilgani va u yerda yong‘in chiqqanini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa bir kecha davomida mamlakatning 16 ta hududi va anneksiya qilingan Qrim ustida jami 456 ta ukrain droni urib tushirilgani yoki yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Rostov viloyati ustida 70 dan ortiq, Kaluga viloyatida 16 ta, Moskva tomon uchib kelgan 18 ta dron yo‘q qilingani aytilgan. Sevastopolda esa dron qoldiqlari tushishi oqibatida o‘rmon yong‘ini yuzaga kelgan va plyajdagi kempingdan odamlar evakuatsiya qilingan.

Bildirilishicha, Rossiya Tergov qo‘mitasi mazkur hujum yuzasidan terrorchilik harakati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari kecha, 9 avgust kuni ertalab Ukraina hududlariga, jumladan, Xarkov va Odessa viloyatlariga raketa hamda dronlar bilan zarba bergandi. Hujumlar oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, 29 kishi jarohatlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing