Tatariston raisi Farrux Zokirovga xalq artisti unvonini berdi
Madaniyat-san’at
−
28 oktabr 2023 8723 1 daqiqa
Tatariston raisi Rustam Minnixonov “Yalla” guruhining badiiy rahbari, o‘zbek estrada xonandasi Farrux Zokirovga Tatariston Respublikasi xalq artisti faxriy unvonining ko‘krak nishonini topshirdi. Bu haqda Tatariston raisi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Tatariston Respublikasi hukumat uyida bo‘lib o‘tgan. Rustam Minnixonov Osiyo va Sharq mamlakatlari bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri ekani va Tatariston bu jarayonni osonlashtirishga harakat qilayotganini aytib o‘tgan. Shuningdek, u Farrux Zokirovga musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi, milliy madaniyatlar festivaliga e’tibori uchun minnatdorlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, “Yalla” jamoasi Tataristonga “Rossiya-Sharq” (“Qozondagi Sharq bozori”) xalqaro milliy madaniyat festivalida ishtirok etish uchun kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Ilhaq” filmidagi roli bilan yana bir bor tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktrisa Dilorom Karimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti unvoni bilan taqdirlangandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr