Tatariston Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 16 iyun kuni Tatariston Respublikasining Prezidenti Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Tatariston Respublikasi Hukumati Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rustam Minnixanovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda vaziyatlar muxtor elchisi Oleg Malginovlar kutib olgan. 

O‘zbekistonda Tatariston Prezidentining "Tatariston-O‘zbekiston" biznes forumi, ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvi, "TEXNOPARK" MCHJga, "Rossiya - Islom dunyosi" strategik vizion guruhining kun tartibidagi ishlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, tashrif doirasida Rustam Minnixanov an’anaviy ravishda mahalliy tatar jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tatariston

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing