Tatyana Karimova koronavirusga chalindimi?
Jamiyat
−
17 iyul 2020 67859 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi.
Gap-so‘zlarning asosli yoki aksincha ekanini bilish uchun Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan bog‘landik. Tatyana Akbarovna Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va fond vasiylik kengashi a’zosi hisoblanadi.
Jamg‘arma vakilining so‘zlariga ko‘ra, Tatyana Akbarovnaning salomatligi joyida. Uning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar asossiz.
“Tatyana Karimova bugungi kunda Birinchi Prezidentimiz nomlarini abadiylashtirishga aloqador ishlar bilan bandlar. Karantin davrida ishni masofadan olib boryaptilar”, deydi yodgorlik majmuasi vakili.
Ma’lum bo‘lishicha, 71 yoshli Tatyana Karimova hozirda Toshkentdagi uyida yashayapti. Fond yoki majmua bilan aloqador muhim ishlar bo‘lsa, Tatyana Karimova bilan uchrashish imkoniyati ham bor.
Live
Barchasi