Tashkilotlar karantinda xodimlar xavfsizligini qanday ta’minlaydi?

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyuldan boshlab O‘zbekistonga kuchaytirilgan karantin rejimi qaytdi. o‘z-o‘zidan qat’iy karantin vaqtida ishlochi tashkilotlarga ham yangi talablar qo‘yilishi turgan gap. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ushbu talablar haqida ma’lumot berdi.

Korxona va tashkilotlar tomonidan COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi profilaktik tadbirlar quyidagilarga qaratilishi lozim:

•    tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik;

•    tashkilot mehnat jamoasi orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasini tarqalishiga qarshi choralar ko‘rish;

•    ishchilarni zararlanishiga qarshi tashkiliy – texnik tadbirlar;

•    ishchilarni zararlanishiga qarshi boshqa tashkiliy chora–tadbirlar.

Tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi tavsiya etiladi:

•    xodimlarni ishxonaga olib kelish uchun avtobus, mikroavtobuslar va yengil avtomashinalardan foydalanish;

•    ishchi xodimlar transport vositasiga chiqqanida yuz niqoblari almashtirilib, tushayotganda yana yangisi berish lozim;

•    ishchi-xodimlar tushirilgandan so‘ng transport ichi dezinfeksiya qilinib 0,5 soatga yopib qo‘yiladi;

•    har kuni ishxonaga kiritishdan oldin tana haroratini kontaktsiz pirometr yoki shu kabilar yordamida o‘lchash, tana harorati ko‘tarilganligi va/yoki yuqumli kasallik belgilari namoyon bo‘lib turgan ishchilarni ishga qo‘ymaslik;

•    ishchining salomatligi holatini tekshirish, uning muloqotdagilari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash, uning boshqa bemorlar yoki epidemiologik noxush hududlardan (mamlakat, respublika, viloyat, tumanlar) tashrif buyurgan shaxslar bilan muloqotda bo‘lganligiga aniqlik kiritish, buning uchun alohida javobgar shaxs belgilash;

•    ishxonaga kirish joyiga teri antiseptiklari bilan ishlov berish uskunasini (dozatorli uskuna, namli salfetkalar va shu kabilar) o‘rnatish. 

Shuningdek piyodalar uchun “dezto‘shama”lar, transportlar uchun “dezto‘siq”lar tashkil etish;

•    tashkilotga chetdan shaxslarni kirishiga yo‘l qo‘ymaslik;

•    tashkilotga kirish/chiqish qismida odamlarni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;

•    kurerlik xizmatini, korrospendentlik xujjatlarini qabul qilishni kontaktsiz amalga oshirilishiga qaratilgan uslublarni joriy etish.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

190

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing