“Tashkent Index”dagi “naves”lar bir nechta avtomashina ustiga qulab tushdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda "Tashkent Index” savdo bozorida usti yopiq konstruksiyali soyabonlar bir nechta avtomobillarning ustiga qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan "Tashkent Index" ma’muriyati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 fevral kuni ob-havoning keskin yomonlashishi va kuchli qor yog‘ishi oqibatida "Tashkent Index” ko‘p tarmoqli savdo-sotiq bozori hududidagi savdo maydonlarining bir qismida, bitta pudratchi tomonidan qurilgan yengil konstruksiya (soyabon) bitta 50 metrlik qatori qorning og‘irligidan qulab tushgan.

Ushbu soyabon ostida 35 avtotransport vositasi turgan bo‘lib, ulardan 6 tasining kapot, tom, yoki bamper qismlariga shikast yetgan. 

“Ayni vaqtda avtotransport vositalarining egalari bilan kelishilgan holda, yetkazilgan moddiy zararni qisqa fursatlarda qoplab berish chorasi ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobillar Tashkent Index

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing