London meri eskirgan avtomobillarni Ukrainaga berishni taklif qildi

Olam

image

London meri Sodiq Xon eskirgan avtomobillarni Ukrainaga jo‘natish uchun ularni qayta ishlash qoidalarini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Janob Xon va Britaniya Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Ben Uolles mamlakat Transport vaziri Mark Xarperga yo‘llagan maktubida o‘zgacha tashabbus bilan chiqqan.

Hujjat avtomobillari Ukrainaga yuboriladigan britaniyaliklarga qayta ishlash sertifikatining analogini berishni taklif qiladi.

“Sodiq Xon Transport vazirligi fuqarolarga havoni ifloslantiruvchi avtomobillarni ko‘chalardan olib chiqish uchun pul olish va shu bilan birga ukrainaliklarga hayotiy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini kutmoqda”, deb yozadi TASS.

Sentyabr oyida Kiyev meri Vitaliy Klichko London ekologik me’yorlarga javob bermaydigan avtomobillarni utilizatsiya qilish uchun to‘lovlar dasturini joriy qilganiga e’tibor qaratgan va ularni utilizatsiyaga jo‘natmaslikni, balki avtomashinalarni Ukrainaga topshirishni taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina avtomobillar Sodiq Xon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing