“Tashkent City”dagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
3-sahifa
−
05 noyabr 2020
10453Avvalroq, “Tashkent City” hududida qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan 15 kv.metr maydonda yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edik.
Mazkur yong‘in bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 4 noyabr kuni soat 15:37 da Toshkent shahar FVB dispetcherlik xizmatiga Shayxontoxur tumani Furqat ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotgan “Tashkent City”ning 7-lotida 6 qavatli yangi qurilayotgan binoning 3-qavatida ishchi-xizmatchilarning vaqtincha foydalanayotgan omborxonasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar FVB yong‘in o‘chirish ekipaji soat 15:42 da voqea joyiga yetib borib, soat 15:52 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida 15 kv. metr maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar ko‘rgan. Yong‘indan jaroxat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yo‘q.