“Tashkent city”da Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda bunyod etilayotgan “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazida Markaziy Osiyodagi eng baland bino bo‘lishi kutilayotgan inshootning qurilishi boshlandi. Ayni vaqtda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Lot-4 loyihasi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, ushbu loyiha mahalliy “Murad Buildings” va Turkiyaning “Özgüven” shirkati tomonidan amalga oshirilmoqda.  Loyiha qiymati 173 million AQSH dollarini tashkil etadi. 

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazining eng talab yuqori bo‘lgan nuqtasi tanlab olingan. Ma’lumotlarga qaraganda, 1,5 gektarlik ushbu maydonga turkiyalik boshqa tadbirkorlar, qolaversa, Yaponiya va koreyalik investorlar ham da’vogar bo‘lgan. 

Mazkur ob’ekt 50 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 215 metrni tashkil etadi. Undan biznes markazi, xonadonlar, ofislar o‘rin olishi aytilmoqda. 

Loyihaning rasmiy nomi joriy yilning 15 avgustidan keyin e’lon qilinadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tashkent city Murad Buildings

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing