“Tashkent City”dagi bog‘ sotiladi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2021
9768“Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi Ma’muriy kengashining tegishli qaroriga muvofiq, hududdagi dam olish va istirohat bog‘ini baholangan qiymatda ochiq tanlov savdolari orqali sotish rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga asosan ob’ektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilotni jalb etish belgilangan.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyinchalik – Buyurtmachi) “Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini kelgusida xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish talablari, shuningdek xususiylashtirish shartlari va shakllari bo‘yicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilot tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qiladi.
Qayd etilishicha, “Master plan”dagi ob’ektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha taklif etiladigan tartib va talablar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi, shuningdek ob’ektning soha hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.
“Professional tashkilot “Master plan”ni ishlab chiqadi, u bo‘yicha barcha zaruriy xizmatlarni ko‘rsatadi. Buyurtmachi ushbu e’lon bilan professional tashkilot va “Master plan”ga qo‘yiladigan dastlabki talablarni, shuningdek uning taklifining tuzilishini hamda tegishli tartibda baholanishini belgilaydi”, deyiladi agentlik xabarida.
Ma’lumot uchun, bog‘ning umumiy maydoni 23,4679 gektar, bino va inshootlarning umumiy maydoni3 933 kv.mni tashkil qiladi.
LiveBarchasi