Mirziyoyev “Tashkent city”dagi qurilish jarayoni bilan tanishdi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2023
16025O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Tashkent city" xalqaro ishbilarmonlik markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
"Bugungi kunda Toshkent – ulkan bunyodkorlik, zamonaviy biznes, ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi. “Tashkent city”dagi muhtasham binolar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi. Bu yerdagi Xalqaro kongress markazida ko‘plab forum va anjumanlar bo‘lib o‘tgan. Kelgusida yana qator nufuzli sammitlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, shinamlik darajasi yuqori mehmonxonalar, konsert va opera teatri barpo etilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Shuningdek, davlat rahbari qurilish jarayoni bilan tanishgan. Prezident ushbu majmua yurtimizda san’at rivojini yangi darajaga ko‘tarish, madaniy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qilishini aytib o‘tgan.
Prezident “Tashkent city” markazida qurilishi yakuniy bosqichda bo‘lgan bir qator boshqa inshootlarni ham ko‘zdan kechirgan.
LiveBarchasi