“Tashkent City”dagi 6 ta yangi ko‘chaga nomlar taklif qilindi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2019
11642Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Toshkent shahar hokimining “Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Poytaxt hokimligi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga “Tashkent City” hududidagi oltita yangi, nomsiz ko‘chalarga nom berish bo‘yicha taklif kiritgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1-nomsiz yangi ko‘cha — Yangi Toshkent ko‘chasi;
2-nomsiz yangi ko‘cha — Yangi Toshkent tor ko‘chasi;
3-nomsiz yangi ko‘cha — O‘qchi ko‘chasi;
4-nomsiz yangi ko‘cha — Zargar ko‘chasi;
5-nomsiz yangi ko‘cha — Xadra ko‘chasi;
6-nomsiz yangi ko‘cha — Xadra tor ko‘chasi.
Portalda e’lon qilingan qaror loyihasi bo‘yicha muhokamalar 2 noyabrga qadar davom etadi.