Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Ukraina hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi. Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi. 

Ma’lumki, so‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘ragan.

Shuningdek, agentlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi sabzavot omborida ishlayotgan yuz nafarga yaqin Rossiya pasportiga ega muhojirlar harbiy ro‘yxatga olish idorasi (voyenkomat)ga olib ketilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant O'zbekiston Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing