Tashqi qarz limitini 5 mlrd dollargacha oshirish taklif qilindi

Jamiyat

image

2020 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirildi.

Hujjatgabilan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda:

16-moddadagi “4 mlrd. AQSH dollari” degan so‘zlarni “5 mlrd. AQSH dollari” degan so‘zlar bilan almashtirish.

Qonunning amaldagi tahririda 16-modda quyidagicha:

“2020 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 4 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilansin”.

Qonun 3-ilovasining II bo‘limi (2020 yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalari va O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi hamda ularning xarajatlari) quyidagi tahrirda bayon etish:

Ta’kidlash joizki, bu taklif O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari amalda ko‘zlangan 5,115 trln so‘mdan 4,368 trln so‘mga qisqarganini va xarajatlari esa 5,115 trln so‘mdan 18,438 trln so‘mgacha ko‘payganini bildiradi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognoziga hamda ularning xarajatlariga ushbu Qonun talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartishlar kiritadi.

Avvalroq, O‘zbekistonning Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot bankidan olgan qarzi 1 mlrd dollardan oshgani haqida xabar bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

qarz byudjet

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing