Tashqi ishlar vaziri Gruziya elchisini qabul qildi
Jamiyat
−
30 avgust 2023
3931O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 29 avgust kuni o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan O‘zbekistondagi Gruziya elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi. Bu haqda TIV rahbarining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Gruziya Elchisi Zurab Abdushelishvili janoblari bilan uchrashdik. Janob elchiga ikki tomonlama aloqalarimizga aniq natijalar bilan qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz hamda tariximiz, madaniyatimiz va adabiyotimizga bo‘lgan samimiy qiziqishini yuksak qadrlaymiz”, deydi Baxtiyor Saidov.
Zurab Abdushelishvili 2019 yilning may oyida elchi Konstantin Jgentining o‘rniga tayinlangan edi. U ishonch yorliqlarini Prezident Shavkat Mirziyoyevga topshirgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 avgust kuni Shadurdi Meredov Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida Toshkentda ish boshlagan edi. Shuningdek, mazkur tayinlovga qadar mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlayotgan Yazguli Mammedov lavozimidan ozod etilgandi.
LiveBarchasi