Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistondagi elchisini ishdan bo‘shatdi

Olam

image

Prezident Serdar Berdimuhamedov Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yazguli Mammedovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqda “Turkmen.news” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, Serdar Berdimuhamedov elchini boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tegishli farmonni imzolagan.

Ma’lumot uchun, Yazguli Mammedov 2018 yil iyul oyida Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan. Bungacha u Turkmanistonning Malayziya, Bruney-Dorussalom Davlati, Indoneziya va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan. Yazguli Mammedov 2012-2018 yillarda Turkmanistonning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasini sobiq elchi Shiri Shiriyevdan keyin boshqargan.

Shuningdek, Turkmanistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Xemra Togalakov hamda Turkmanistonning Gruziyadagi elchisi Dovletmirat Muratov lavozimidan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchi Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made