Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
23 may 2019
2628Ashraf Xo‘jayev Tashqi ishlar vazirligining Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, Ashraf Xo‘jayev bunga qadar vazirlikning Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi tarkibidagi Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma’lumot o‘rnida, vazirlikning Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish boshqarmasi, Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi, Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Turizmni rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlik boshqarmasini o‘z ichiga oladi.
LiveBarchasi