Tashiyev kuch ishlatar tuzilmalar xodimlarini ogohlantirdi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev bundan buyon huquq-tartibot organlari xodimlari pora olib, qonunni buzsa, ularga qattiq choralar ko‘rilishini aytib, tahdid qildi. Bu haqda u kecha, 2 yanvar kuni Suzoq tumani ichki ishlar bo‘limiga yangi maxsus texnikalarni topshirish marosimida so‘z ochgan. 

Tashiyev xavfsizlik kuchlari vakillariga murojaat qilib, ularni Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga, o‘z yurtini sevishga chaqirdi. 

“Harbiy kiyimni kiyib, Vatanga qasamyod qilgan bo‘lsangiz, xizmatingizni qiling. Ammo o‘zingiz qonunlarni buzsangiz, korrupsiyaga aralashsangiz, Vatanga qasamyodingizni buzasiz”, deydi u. 

U qonunlarni buzmaslikka, pora olish va berishni bas qilishga chaqirgan. 

“Yangi yil boshida sizga aytmoqchimanki, bundan buyon qonunlarni buzmang. Poraxo‘rlikni butunlay to‘xtatishimiz kerak, ayniqsa, lavozimga tayinlash va rotatsiyalarda”, deya qo‘shimcha qilgan u. 

Qamchibek Tashiyev qonunga rioya qilinmasa, qattiq choralar ko‘rish bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tashiyev ushbu tadbirda bundan buyon Qirg‘izistonda qaroqchilar, uyushgan jinoiy guruh a’zolari, avtoritetlar bo‘lmasligini aytgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing