Tashanov Karimov va Mirziyoyev davridagi inson huquqlarini solishtirdi

Intervyu

Ixtiyor Abdullayev va Rashid Qodirov qamoqxonaning VIP kamerasida saqlanyaptimi? north_east

Ixtiyor Abdullayev va Rashid Qodirov qamoqxonaning VIP kamerasida saqlanyaptimi?

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan beri xalqaro tashkilotlar tomonidan inson huquqlari masalasi mamlakatning nozik nuqtasi, deya ta’kidlanib keladi. Ko‘pchilik siyosiy ekspertlar mustaqillikning dastlabki choragidagi inson huquqlari masalasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Birinchi Prezident Islom Karimovning yuritgan siyosati bilan bog‘laydi. Ayrim ekspert va xalqaro tashkilotlar tomonidan 2016 yil Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelganidan so‘ng O‘zbekistonda inson huquqlari masalasida ijobiy qadamlar tashlangani haqida tez-tez so‘z ochiladi.

Xo‘sh, ikki Prezident davridagi inson huquqlari masalasi qanday farqlar bor? Ushbu savol bilan QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovga yuzlandi.

Tashanovning aytishicha, oldingi va hozirgi davrdagi inson huquqlari masalasini solishtirib bo‘lmaydi. 

“Karimov davridagi inson huquqlari haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Men buni ochiq aytaman va aytganman. U paytda inson huquqlari bo‘yicha propaganda bor edi. Inson huquqlarining tub mohiyati bo‘yicha katta islohotlar qilinmagan edi”, deydi u.

“Ezgulik” jamiyati raisining ta’kidlashicha, hozirgi davrga kelib ham mamlakatda inson huquqlari masalasida juda katta islohotlar amalga oshirilgani yo‘q.

“Keyingi davrimizga kelib ham juda katta islohotlar amalga oshirilgani yo‘q va buni Prezidentning o‘zi ham katta minbarlardan turib aytyapti. Hozir biz chorrahada, pozitiv tomonga burilib turibmiz. Bu yo‘ldan keta olamizmi, ortga qaytib ketamizmi, buni keyingi qadamlarimiz ko‘rsatadi. Bugungi 4 -5 yillik bilan narigi “Mufassa” davrini solishtirmoqchi emasman, o‘rtada keskin farq bor”, deydi Tashanov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshchiligida bir guruh huquq faollari 22-sondi JIEMda bo‘lib, u yerdagi sharoit bilan tanishishgan. Komissiya bo‘lgan Tashanov o‘zining ijtioiy tarmoqlardagi sahifasida JIEMda ko‘rgan-kechirganlarini, xususan Rashid Qodirov ayollar kiyimi sexida, Ixtiyor Abdullayev esa chinni sexida ishlayotganini yozib qoldirgandi. 

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov bilan intervyuning to‘liq shaklini yuqoridagi videopleyerda va YouTube'dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin


Maqola muallifi

Teglar

Inson huquqlari Mirziyoev Tashanov Karimov

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing