“Tashabbusli byudjet” jarayoniga ayrim o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
16 yanvar
4749“Tashabbusli byudjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda 13 yanvar kuni Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, har yili tuman va shahar byudjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi. Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Qayd etish joiz, hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi.
Shu bilan birga, mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga ko‘proq e’tibor qaratish maqsadida "Tashabbusli byudjet" jarayoni doirasida tashkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari, "svetofor"), rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tganligini inobatga olgan holda 2O25 yil 1-mavsumdan boshlab moliyaviy mustaqil bo‘lgan Oliy o‘quv muassasalarining "Tashabbusli byudjet" jarayonlarida ishtirok etishiga ruxsat etilmaydigan bo‘ldi.
Bildirilishicha, tuman (shahar) byudjetlarida rejalashtirilgan mablag‘larning teng yarmi – birinchi mavsum uchun yanvar oyidan boshlab, qolgan qismi ikkinchi
mavsum uchun may oyidan boshlab o‘tkazib beriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklariga
10 kun muddatda "Tashabbusli byudjet" doirasida xarid qilinishi ruxsat etilgan tovarlarning aniq tavsiflarini aks ettirgan holda qayta shakllantirilgan jihozlar reyestirini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish topshirildi.
Shuningdek, Kambagoallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga Iqtisodiyot
va moliya vazirligi bilan hamkorlikda byudjet tashkiloti xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish hamda har mavsum yakuniga ko‘ra Oliy Majlis Senatiga axborot kiritib borish vazifasi qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2025 yil uchun Ochiq byudjet loyihalari taqvimi tasdiqlangandi.
LiveBarchasi