“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi 6 iyuldan boshlanadi
Jamiyat
−
04 iyul
3268O‘zbekistonda “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024 yildagi ikkinchi mavsumiga 6 iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bunda:
- Loyihalar kiritish: 6 − 26 iyul;
- Loyihalarni saralash: 26 iyul – 15 avgust;
- Targ‘ibot qilish: 15 avgust – 22 avgust;
- Ovoz berish: 22 avgust – 1 sentyabr sanalari davomida o‘tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. 2024 yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 milliard 360 million so‘mni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, “Tashabbusli byudjet”ning 2024 yil birinchi mavsumida ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 3,39 trillion so‘m yo‘naltirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq birinchi mavsum g‘oliblari e’lon qilingandi. Shuningdek, Farg‘onada “Tashabbusli byudjet”ga ovoz yig‘ayotgan fuqaroni nega IIB xodimlari olib ketgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi