“Tashabbusli byudjet” g‘oliblari e’lon qilindi
Jamiyat
−
11:33 3581 1 daqiqa
“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakat bo‘ylab jami 10 mln 284 mingta ovoz berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, jami 1 996 ta (1 980 ta an’anaviy hamda 16 ta sheriklik) loyiha g‘olib deb topilgan.
“Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli byudjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan shu yerda tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tashabbusli byudjet”da ilk sheriklik loyihalari g‘oliblari aniqlangan edi. Sheriklik loyihalari bo‘yicha fuqarolar mablag‘larni joriy yil 10 mart, soat 18:00 ga qadar tranzit hisobraqamlariga o‘tkazishlari lozim.