Tarixiy adolat tantanasi: Oliy sud SSSRda qatag‘onga uchragan 92 kishini oqladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 avgust kuni O‘zbekiston Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi ochiq sud majlisida raislik qiluvchi Oliy sud raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ikrom Muslimov, hay’at a’zolari Oliy sud sudyalari: Jahongir Jo‘rayev, Abdulla Allayevdan iborat tarkibda Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova tomonidan keltirilgan protest asosida Markaziy Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU)ning muxtor vakili qoshidagi uchlik kengashi bayoniga asosan hukm qilingan Nosirxonto‘ra Saidkamolxonto‘rayev va boshqalarga nisbatan (jami 92 kishi) jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Sud hay’ati quyidagilarni aniqladi.

Sud hay’ati ish materiallarini o‘rganish davomida yuqorida nomi qayd etilgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishini yuritishda bir qator protsessual talablar buzilgani, xususan, ularning himoya huquqi, tarjimon bilan ta’minlanmagani, keltirilgan faktlar tasdig‘ini topmaganini inobatga olgan holda O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan uchlik bayonini bekor qilib, yuqorida qayd etilgan shaxslarni oqlash kerak degan qarorga keldi.

O‘zbekiston JPKning 497-17, 497-26, 497-31-moddalariga amal qilgan holda apellyatsiya instansiyasi sudi hukm qildi.

1930 yil 27 oktyabrdagi Markaziy Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU)ning muxtor vakili qoshidagi uchlik kengashining Nosirxonto‘ra Saidkamolxonto‘rayev, Imomali Qosimov, Karimboy Saidboyev, Madibragim O‘rinboyev, Hasanboy Rustamov, Raimboy O‘rinboyev, Madad Boboqulov, Madadali Saidmurodov, Ahmadali Saidmurodov, Domullaxo‘ja Abduqosimov, Dadajon Abulqosimov, Uzoqboy Lolaqoriyev, Mullato‘ra Ashurmatov, Xoshimboy Hakimov, Abdullajon Mamatshoyev, To‘raboy Qodirqulov, Mamarasul To‘raboyev, Mulla Muhammada Qoriyev, Jo‘raboy qori Isxoqov, To‘xtasin Boltaboyev, Alimirza Abdurahimov, Mulla Jo‘raboy Bachaboyev, Mulla San’at Toshmatov, Muhammadsodiq Mahmudboyev, Abduhalil Abdurazzoqov, Mulla Isroil Sodiqboyev, Allaxon Abdullaxojiyevga, Abdulla Ahad Nishonboyev, Bahrom Maqsudov, Abduholiq Abdug‘ofurov, Xojixon mulla Karimboyev, Xojiboy Abduboyev, Saydulla Maqsudov, Yo‘ldoshev Mutal Tojiboy, Isoilxoji Sarimsoqxojiyev, Ilyamiddin Yusupboyev, Mulla Ahmadali Abdufattoxov, Mulla Samiulla Safiullayev, Muhammadiyev Ahmadsho, Shukurboy Sheraliyev, Mamazokir Shukurboyev, Isomboy O‘rozboyev, Abdullaboy Mansurov, Sayfiddin qori Abdujalilov, Bobomuhammad Bobojonov, Mulla Fozil Bobomuhamedov, Imomxon Mo‘minxo‘jayev, Mansurxon Sherg‘oziyev, Akbarxo‘ja Abduvahobov, Asqarali Abduvahobov, Rahmatulla Abduvahobov, Abdurahmon Topildiyev, Qurbonboy Yusufboyev, Mulla Asqar Nazarmatov, Atamboy Sotilganov, Gumbi Ignatiy, eshon Dadaxon Nosirxonov, Xojixon Qanoatov, Xo‘jamberdi Mamatov, mulla No‘mon Karimov, Hasanxon Nosirxon To‘rayev, Muhammadsho Qanoatov, mulla Usmonqori Dadaboyev, mulla Abdulqodir Mamatkarimov, Abdulla qori Kattashayxov, Fayziboy Usmonov, Hamroxoji Mullaxojiyev, Abbosxon qori Azizxojiyev, Xolmirza Umrzoqov, mulla Abdulla Matkarimov, Xudoynazar Umrzoqov, Abdug‘ani Sodiqboyev, Saidboy Ustaboyev, Nurmuhammad Ustaboyev, Isoqjon Aliboyev, Dadaxo‘ja Opoqxo‘jayev, Matibgarim Baladboyev, Abdulxay qori Dadaboyev, Nuriddin qori Asatullayev, Barad Uzoqboyev, Isomiddinxoji Nurmamatov, Xolmamat Ustayboboyev, Inomjon qori Muhammad Aminov, Abdullajon qori Madraimov, Akromxonto‘ra mulla Xojiyev, Zikriyoxoji Akramxonov, Abdullajon Mamadalixojiyev, Dadamirza Abduvahobov, Mo‘yiddin Shoyadxonxojiyev, Boltaboy O‘rozaliyev, Mulla Mo‘min Rustamov, Mulla Alixon Azimboyevga oid jinoyat ishi bo‘yicha chiqargan bayoni bekor qilindi.

Yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar jinoiy hodisa yuz bermagani munosabati bilan, O‘zbekistonning 1929 yilgi tahrirdagi Jinoyat kodeksining 58, 59, 67, 78-moddalari bilan aybsiz deb topildi. Jinoyat ishining ularga tegishli qismi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi birinchi bandiga asosan, harakatdan tugatildi. Protest qanoatlantirildi.


Maqola muallifi

Teglar

SSSR

Baholaganlar

282

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing