Tarixda ilk bor Yelizaveta II tug‘ilgan kunini boshqacha nishonlaydi
Olam
−
18 aprel 2020
7211Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II 2020 yilning 21 aprelida 94 yoshga to‘ladi. U har doim mana shu kunda otiladigan artilleriya salyutlarini bu yil otilishiga ruxsat bermadi. Bu haqda ITV telekanali muharriri Kris Ship ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday bayramlarni o‘tkazish pandemiya davrida nomuvofiqlikdir. “Biz Hazrati oliyalarining tug‘ilgan kunlarini bu safar alohida tarzda nishonlamaymiz”, deb ma’lum qilgan Bukingem saroyidagi manba.
Yelizaveta II an’anaviy ravishda o‘z tug‘ilgan kunini ikki marta nishonlaydi. Haqiqiy ravishda bu kun 21 aprelda o‘tkaziladi va alohida bayram qilinmaydi. Rasmiy ravishda tug‘ilgan kun (parad va ommaviy bayramlar) odatda iyun oyining ikkinchi shanba kuni nishonlanadi. Chunki bu davrda ob-havo yaxshi keladi. Bu yilgi parad ham qoldirilgan.
Buyuk Britaniyada qurolli salyut otish marosimi qirollik oilasi bilan bog‘liq bir necha marosimda qo‘llanilgan. Qirolichaning tug‘ilgan kunidan tashqari, uning taxtga ko‘tarilgan kuni (6 fevral), toj kiygan kuni (2 iyun), qirolichaning turmush o‘rtog‘i Filippning tug‘ilgan kunida (10 iyun) va shahzoda Charlzning tug‘ilgan kunida (14 noyabr) salyutlar otiladi.
LiveBarchasi