Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik tadbirkor Forbes Tech kengashiga a’zo bo‘ldi

Biznes

image

O‘zbekistonlik tadbirkor Bobur Oqilxonov Forbes Technology Council (Forbes jurnalining texnologiya bo‘yicha kengashi) tarkibiga kirdi. Bu haqda tadbirkor o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Illinoys va Nyu-Meksiko shtatlaridan o‘zining ikkinchi biznes shartnomasini (Missed.com va Jafton.com loyihalari uchun) olganidan so‘ng Bobur Oqilxonov “Forbes” tomonidan Forbes Tech Council`ga a’zo bo‘lgan birinchi o‘zbek sifatida nomzod etib ko‘rsatilganini aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, FTC – eng yaxshi IT-ekspertlar kengashidir, unga faqat Forbes ning taklifiga binoan kirish mumkin.

“Men IT sohadagi yigirma yillik tajribamni Forbes global auditoriyasi bilan baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan faxrlanaman. Men texnologik kompaniya sifatida tarixdagi eng katta inqirozlarni boshdan kechirganimiz, qiyin paytlarda moslashuvchan yondashish orqali biznesni omon qoldirganimiz va kuchayganimiz haqidagi maqolalarni e’lon qilib boraman”, degan Oqilxonov.

Shu o‘rinda tadbirkor mushtariylaridan IT sohaga doir qaysi mavzularni o‘z maqolalarida qamrab olishi kerakligini so‘rab o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Forbes Bobur Oqilxonov

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing