Tarixda ilk bor Marsdan kislorod olindi 

Texnologiya

image

Tarixda birinchi marta Amerikaning Perseverance roveri Mars atmosferasidan kislorod olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar bergan.  

Asosiy tarkibiy qismi karbonat angidrid bo‘lgan Mars atmosferasidan kislorod MOXIE tajriba birligi yordamida olingan. Ushbu sinov 20 aprel kuni o‘tkazilgan. 

Kosmik agentlikka ko‘ra, bu Marsda karbonat angidridni kislorodga aylantirish uchun muhim birinchi qadam bo‘lgan. 

Umumiy hisobda taxminan 5 gramm kislorod olingan. Bu bitta kosmonavtning 10 daqiqa davomida dam olishi uchun yetarli. 

Eslatib o‘tamiz, Perseverance roveri bilan Marsga yetib kelgan Ingenuity dron vertolyoti 19 aprel kuni Qizil sayyorada birinchi sinov parvozini amalga oshirgandi. 

22 aprel kuni esa ikkinchi marta muvaffaqiyatli avtonom parvoz amalga oshirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, vertolyot Perseverance roverida joriy yil 18 fevral kuni Yezero krateriga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mars kislorod

Baholaganlar

190

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing