Tarixda ilk bor ayol hakamlar Superliga uchrashuvini boshqaradi

Sport

image

Joriy yilning 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Superliga 30-turi doirasidagi “Qizilqum” va “Sho‘rtan” uchrashuvida tarixda ilk bor ayol hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O‘zFHM) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur bahsni O‘zbekiston Superligasi darajasida ayol mutaxassis Nasibabonu Toshmuhammedova boshqarib boradi.

Unga qanotlarda tajribali yordamchi hakamlar Kristina Sereda va Zilola Rahmatova yordam beradi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superligasi so‘ng turi oldidan mamlakat chempioni aniq bo‘lib ulgurgan. Joriy yilning 22 noyabr kuni Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Navoiyning “Qizilqum klubini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 24 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston chempioni bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Superligasida ilk bor Kristina Sereda va Zilola Rahmatovalar Surxon – Sho‘rtan uchrashuvida yordamchi hakam sifatida ishlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga ayol hakamlar jamoasi Nasibabonu Toshmuhammedova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing