Taraz hokimining sobiq o‘rinbosari Gruziyadan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Olam

image

Gruziya 50 million tenge (taqriban 111 ming dollar)dan ortiq byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishda gumonlangan Qozog‘istondagi Taraz shahri hokimining sobiq o‘rinbosarini ekstraditsiya qildi. Bu haqda “Nur.kz” nashri Gruziya Adliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.

Unda aytilishicha, Gruziya Adliya vazirligi Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining mansab vakolatini suiiste’mol qilish va 50 million tengedan ortiq byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishda gumonlanayotgan Taraz hokimining sobiq o‘rinbosarini ekstraditsiya qilish haqidagi so‘rovini qanoatlantirgan.

“Jinoyat sodir etganidan keyin u organlardan qochib ketgan va xalqaro qidiruvga berilgan. Ko‘rilgan choralar bilan qidiruvdagi shaxs aniqlanib, Gruziyada qo‘lga olindi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Hozirda sobiq amaldor Ostonadagi tergov izolyatoriga joylashtirilgan. U yuqoridagi jinoyatlarni sodir etgani uchun 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Taraz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing