Tanzila Norboyeva Yelizaveta II vafoti munosabati bilan ta’ziya qaydini yozdi

Olam

image

Bugun, 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva poytaxt Toshkentdagi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchixonasiga borib, Qirolicha Yelizaveta II ning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga O‘zbekiston xalqining hamdardligini yetkazdi.

Qayd etilishicha, Senat raisi elchixonadagi ta’ziyalar kitobiga hamdardlik so‘zlarini yozib qoldirgan.  

“Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta II Zoti Oliyalarining vafoti munosabati bilan Qirollikning mo‘’tabar oila a’zolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga chin dildan hamdardlik tuyg‘ularimizni izhor etamiz”, deyiladi Senat raisi ta’ziyanomasida.

Bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz Uchinchiga uning volidai muhtaramasi Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi olamdan o‘tgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan edi

Eslatib o‘tamiz, Qirolicha Yelizaveta II 8 sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. Taxtni uning o‘g‘li Charlz egalladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Elizaveta II

Baholaganlar

59

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing