Tanzila Norboyeva Senat yalpi majlisida nimalar dedi? (video)

Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ygirma ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlis Tanzila Norboyeva raisligida o‘tdi. Unda 59 senator ishtirok etdi.   

Yalpi majlisda “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Oliy Majlis Senati kengashining “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi

Yig‘ilishda Senat raisi Tanzila Norboyeva ma’ruza qildi. O‘z asosiy e’tiborini “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilishning ahamiyatiga qaratdi. 

Tanzila Norboyevaning yalpi majlisdagi nutqi videosini yuqoridagi slayderda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Yalpi majlis Senat

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing