Tanzila Norboyeva kim, uning qanday o‘tmishi bor?
Jamiyat
−
21 iyun 2019
72869Xabaringiz bor, bugun, 21 iyundan e’tiboran Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi sifatida ish boshladi. Bu kun mamlakat tarixida qolishi aniq. U O‘zbekiston tarixida Senat raisi bo‘lgan ilk ayol.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi.
Xo‘sh, Norbayeva kim aslida. Ikki yilda mamlakatning eng yuksak lavozimlarida faoliyat yuritayotgan bu ayolning qanday tarixi bor?
Tanzila Norboyeva Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1981 yilda Toshkent davlat universitetini bitirgan, pedagogika fanlari nomzodi.
Ish faoliyatini 1974 yilda Andijon viloyati Shahrixon shahridagi 1-maktab yoshlari yetakchisi lavozimidan boshlab, 1975-1995 yillari Toshkent shahrida maktab o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari va Toshkent shahar o‘quvchilar uyi direktori, keyinchalik turli darajalidagi davlat organlarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
1995-2010 yillari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kotibiyati mudiri, Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmuasi rahbari kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
2010-2016 yillari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi lavozimida ishlagan.
2016 yildan 2019 yilning 21 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublika Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Oilali, 2 nafar qiz farzandi bor.
LiveBarchasi