Tanzila Norboyeva Dushanbeda Rahmon bilan uchrashdi
Olam
−
11 Oktabr
2994Tojikiston parlamenti taklifiga binoan Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga yetib bordi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Eron, Belarus, Ozarbayjon hamda Armanistonning parlament rahbarlari tashrif buyurgan.
Konferensiya boshida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahriga tashrif buyurgan barcha delegatsiya rahbarlarini qabul qilgan. Anjuman o‘z ishini ertaga, 12 oktyabr kuni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Uchrashuv mobaynida O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
LiveBarchasi
06 noyabr