Tanzila Norboyeva 63 yoshni qarshiladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 62 yoshni qarshiladi. Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan ko‘plab davlat rahbarlari, siyosatchilar tabriklarini yo‘llamoqda. 

Bugun, 24 iyul kuni nafaqat Shavkat Mirziyoyevning, balki Respublika rahbariyatidagi ikkinchi shaxs – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Kamolovna Norboyevaning ham tavallud kuni. Tanzila Norboyeva 63 yoshni qarshiladi. 

1956 yilda Andijonda tug‘ilib 70-yillar o‘rtalarida Toshkentga kelgan Norboyevani tanigan-bilganlar tanish-bilishsiz jamiyatda o‘z o‘rnini topishga qattiq harakat qilganini aytishadi.  U 1981 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1975-1995 yillari  Toshkent shahrida  maktab o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari va Toshkent shahar o‘quvchilar uyi direktori, keyinchalik  turli darajalidagi davlat  organlarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

1995-2010 yillari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kotibiyati mudiri, Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmuasi rahbari kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2010-2016 yillari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi lavozimida ishlagan. 

2016 yildan 2019 yilning 21 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublika Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Oilali, 2 nafar qiz farzandi bor.

Norboyeva qat’iyatli ayol. U Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan oz fursat ichida O‘zbekistonning yuzidagi qora dog‘ – paxta terimida bolalar mehnatidan foydalaniladi, degan tamg‘ani olib tashlash uchun ancha kurashdi. Okean ortiga borib, ma’ruza qildi. Viloyatlarni kezib, ayollarning og‘ir mehnat sharoiti, qiyinchiliklarga to‘la turmushi, ro‘zg‘ori bilan tanishdi. Prezidentning ishonchini oqladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing