Tanobini tortib qo‘yish kerak – “Milliy tiklanish” “LUKOYL” mansabdoriga jazo talab qilyapti
Jamiyat
−
15 noyabr 2019
6091Xabaringiz bor, shu kunlarda “LUKOYL” Uzbekistan Operating Co. bosh energetigi Ivan Aleksandrovich Shilov Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Jarquduq“ majmuasida ishchilardan biri qo‘llanmaga nomuvofiq ishlagani uchun uni "qo‘ylar podasi" deb haqorat qilgani tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Bunga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi munosabat bildirib, prokuraturadan izoh talab qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, “LUKOYL” rasmiy bayonot bilan chiqdi va I.A.Shilov “LUKOYL” MCHJ (Moskva) tomonidan kasbiy etika bo‘yicha majlisga chaqirilgani, tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, voqea hodisa aybdorlariga tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Biroq bu munosabatlar natija berdimi? Partiyalar munosabat bildirish bilan muammoni o‘zidan soqit qiladimi? Prokuratura nima uchun mazkur jinoiy va ma’muriy qonun buzilishi bo‘yicha ish ochmadi?
O‘zAning qayd etishicha, ushbu savollar bugun Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan "Press-qahva" partiyalar debati dasturida ko‘tarilgan. Unda rasman o‘z munosabatini e’lon qilmagan "Milliy tiklanish" partiyasi vakili quyidagi fikrlarni bildirgan.
“Kompaniya tomonidan haqorat qilingan shaxs millatining ahamiyati yo‘q. U qaysi millat vakili bo‘lmasin, uni haqorat qilgan odam qonun oldida javob berishi shart. Milliy manfaatlar birinchi o‘rinda. “LUKOYL” 50 ta bo‘lsa ham u bizni fuqarolarni hurmat qilmas ekan, tanobini tortib qo‘yish kerak”, deydi partiya vakili.
LiveBarchasi