Tanishini Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
29 noyabr
4614Toshkent viloyatida 22 yoshli ayol 20 yoshli tanishini Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan DXX Ohangaron shahar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbirda Ohangaron shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan ayol (H.T.) oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan ayol (Z.O.)ni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatining Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolni Istanbulda Turkiya fuqarolari kutib olishi zarur bo‘lgan.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 8 yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 44 yoshli ayol Turkiyada ushlangandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr