Prezident ehtimoliy davlat to‘ntarishi sabab xalqqa murojaat qildi

Olam

image

Boliviyada demokratik tartib mamlakatda davlat to‘ntarishi o‘tkazishga urinish sababli xavf ostida qolyapti. Mamlakat Prezidenti Evo Morales uning qayta saylanishiga qarshi boshlangan namoyishlarga bir qancha politsiya xodimlari qo‘shilganidan keyin shunday fikr bildirdi.

“Aka-singillarim, bizning demokratiya zo‘ravonliklarga tayyor guruh tomonidan rejalashtirilayotgan davlat to‘ntarishi  hamda konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga urinish sabab xavf ostida qolyapti”, deb yozdi Morales Twitter sahifasida.

Shuningdek, Prezident xalqni demokratiya va konstitutsiyani himoya qilishga hamda tinchlik va insonlar hayotini saqlab qolishga chaqirdi.

Boliviyada Santa-Krus, Kochabamba va poytaxt Sukre shahrida politsiya bo‘linmalari Moralesning qayta saylanishiga qarshi aksiyalarga qo‘shildi. Mudofaa vaziri Xaver Savaleta ba’zi politsiya xodimlari isyon ko‘targanini tan oldi. Biroq umumiy hisobda huquq-tartibot organlari hamon o‘z vazifasini bajarishda davom etyapti.

Boliviyada joriy yilning 20 oktyabr kuni prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Unda davlat rahbari Evo Moralse g‘alaba qozondi. Moralesning asosiy raqibi – sobiq prezident Karlos Mesa uning g‘alabasini tan olmadi. Saylov natijalari e’lon qilingach, Boliviyada norozilik namoyishlari avj oldi. Morales mamlakatda favqulodda holat joriy qilib, muxolifatni davlat to‘ntarishi o‘tkazishda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Boliviya Evo Morales

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing