Taniqli sport jurnalisti vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 1 iyul kuni o‘zbekistonlik taniqli sport jurnalisti Mavlon Shukurzoda 69 yoshida vafot etdi. U 1954 yilning 31 may kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Alimkent shaharchasida tug‘ilgan.

Mavlon Shukurzoda “Paxtakor” futbol klubining faoliyatini keng ommaga yoritishda o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Jurnalist “Paxtakor-79” filmining suratga olinishida konsultant sifatida ish olib borgan.

“Ustoz jurnalist, o‘zbek futbolida ensiklopedik ma’lumotlar egasi edi. Assotsiatsiyaning faxriylar ishtirokidagi barcha tadbirlarida faol qatnashib kelgandi. Juda madaniyatli, hushmuomala va nurli odam sifatida eslab qolamiz. Alloh rahmat qilsin”, deydi futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum jurnalist joriy yilning 3 iyul sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Axbor Imomxo‘jayev xotira turnirida ishtirok etish uchun ro‘yixatdan o‘tgan bo‘lgan.

“Mazkur musobaqada faxriylar, jurnalistlar, yaqinlar ishtirok etadi. Ular orasida yaxshi inson, ajoyib jurnalist, Paxtakor va umuman o‘zbek futboli fidoyilaridan biri Mavlon aka Shukurzoda ham bor edi. 69 yoshda bo‘lishiga qaramay, Axbor aka xotira turnirida ishtirok etaman deb, 14-raqamni tanlab olgandi”, deydi O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev.


Maqola muallifi

Teglar

ta'ziya sport jurnalisti Mavlon Shukurzoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made