Taniqli sport jurnalisti olamdan ko‘z yumdi

Sport

−

image

Britaniyaning “Daily Mail” jurnalisti Mayk Dikson Avstraliya Ochiq chempionatini yoritayotganda Melburnda vafot etdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Hozircha jurnalistning o‘lim sabablari aniqlanmagan.

Dikson 59 yoshda edi. U 38 yil sport jurnalisti sifatida ishlagan. 1990 yil “Daily Mail”da faoliyatini boshlagan. Dikson tennisdan oldin kriket o‘yinlarini yoritib borgan.

Ma’lumot uchun, Australian Open - bu mavsumdagi birinchi “Katta dubulg‘a” turniri hisoblanadi. Musobaqa 28 yanvar kuni yakunlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing