Taniqli rossiyalik bokschi hibsga olindi
Sport
−
06 mart
5090Rossiyalik yengilmas bokschi Rustam Islomov Moskvada hibsga olindi. Politsiya sportchidan oq kukun topdi. Bu haqda RIA xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 37 yoshli Islomov Presnenskaya qirg‘og‘ida joylashgan kurort salonida dam olayotgan vaqtda tezkor xodimlar uni noma’lum modda bilan qo‘lga olgan. Kukun ekspertiza uchun yuborilgan.
Rustam Islomov professional boksda 6 ta jang o‘tkazib, 6 tasida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik boshqa bir taniqli bokschi Artur Beterbiyevning soliqlardan qarzi bor ekanligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi