Taniqli nemis futbolchisi Qatar klubiga o‘tadi
Sport
−
18 Sentyabr 2023 4733 1 daqiqa
Germaniyalik futbolchi Yulian Draksler faoliyatini Qatarning “Al-Ahli” klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli yarim himoyachi Qatar klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va jamoa u bilan 2025 yilning iyunigacha shartnoma imzolaydi.
Qayd etilishicha, PSJ nemis futbolchisi uchun 20 million yevrodan ko‘proq pul oladi.
Draksler o‘tgan mavsumni ijara asosida “Benfika”da o‘tkazgandi.
Live
Barchasi
O‘zbekiston shakar importini chekladi
27 Oktyabr