Taniqli matematik Azimboy Sa’dullayev vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, taniqli matematik olim Azimboy Sa’dullayev bugun, 28 may kuni 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Qayd etish joiz, Azimboy Sa’dullayev tomonidan yaratilgan ilmiy maktab, yetishtirilgan shogirdlar va olib borilgan fundamental tadqiqotlar nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. Olimning “Ko‘p kompleksli o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasi” va “Kompleks potensiallar nazariyasi” sohasidagi ilmiy ishlari dunyo matematiklarining hurmatini qozongan.

Azimboy Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining tasviriy va amaliy san’at bo‘limi mudiri, yirik davlat va jamoat arbobi Zafar Abdullayevich Hakimov vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Azimboy Sa'dullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing