Taniqli Gollivud aktyori suratga olish vaqtida operator va rejissyorni otib qo‘ydi (foto)

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Gollivud aktyori Alek Bolduin Nyu-Meksiko shtatidagi Santa- Fe shahri yaqinida bo‘lib o‘tayotgan vestern janridagi "Rust" ("Zang") filmini suratga olish jarayonida tasodifan operator Galina Xatchins va rejissyor Joel Sousni otib qo‘ydi. Bu haqda “The Hollywood Reporter” xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, filmda jinoyatchi rolini o‘ynayotgan Bolduin epizodda bo‘sh patronli to‘pponchadan o‘qqa tutishi kerak bo‘lgan. Qurol rekvizit sifatida ishlatilgan. 

Oqibatda 42 yoshda bo‘lgan Galina Xatchins olgan jarohatlaridan vafot etgan. 48 yoshli Joel Sous shifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli og‘ir. Politsiya tergov boshlagan, hozircha aktyorga hech qanday ayblov qo‘yilmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Xatchins Ukrainada tug‘ilgan, uning otasi Shimoliy qutb doirasidagi Sovet harbiy bazasida xizmat qilgan. U 2015 yilda AQSHda kinematografiya bo‘yicha ta’lim olgan va Gollivudda o‘z faoliyatini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Gollivud Bolduin

Baholaganlar

1636

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing