Taniqli futbol mutaxassisi vafot etdi
Sport
−
02 iyun 2023 14931 1 daqiqa
Bugun, 2 iyun tonggida taniqli futbol mutaxassisi, sobiq hakam Rashid Aytekov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O‘zFHM) rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
Rashid Aytekov o‘zbek futbol hakamligi tarixida o‘zining odil qarorlari va yorqin uchrashuvlari bilan yodda qolgan mutaxassis hisoblanadi. U hakamlik faoliyatini yakunlagach, futbol hakamlari nazoratchisi sifatida ish olib borgan.
“O‘zFHM ma’muriyati uzoq yillar o‘zbek hakamlariga ustozlik qilgan va ularning muvaffaqiyatga erishishiga o‘z hissasini qo‘shgan Aytekovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, deyiladi hakamlar markazi xabarida.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025