Taniqli aktrisa nomidan fuqaroni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Nukusda Instagram’da taniqli aktrisa nomidan feyk akkaunt ochib, fuqarolarning pulini yechib olgan o‘quvchi fosh qilindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Nukus shahrida yashovchi fuqaro D.K. joriy yilning 15 mart kuni shahar ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Unda bildirilishicha, 14 mart kuni qizi N.R.ning Instagram profiliga “giveaway-asal” va “asalshodieva_dar1t” nomi bilan ochilgan noma’lum profil egasi tomonidan “Siz 200 000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz” degan mazmundagi yozma xabarnoma kelgan. Profil ortidagi noma’lum shaxs bilan yozishma jarayonida, uning aldovlariga ishonib o‘ziga tegishli Uzcard bank kartasining kodi va parolini yozib berganligi, so‘ng shu kuni soat 21:00 larda bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 600 000 so‘m miqdordagi puli yo‘qolgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 2003 y.t. fuqaro A.A. aniqlangan.

Hozirda ushbu fuqaroning boshqa turdosh jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Nukus

Baholaganlar

408

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing