Tan olinmagan DXR va LXR Moskvada elchixona ochmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yaqin vaqtlarda Moskvada tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari elchixonasi ochiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Biz yaqin kelajakda [buni] amalga oshirishga harakat qilamiz, qanchalik tez bo‘lsa, shuncha yaxshi. Aniq ish bilan shug‘ullanyapmiz”, degan agentlik manbasi.

U diplomatik vakolatxonalar “bir-ikki oy” ichida ochishilishini taxmin qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni Ukrainaning shu nomdagi viloyatlari chegarasida tan olganini ta’kidlab, urush xavfini oshirib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

LXR DXR

Baholaganlar

90

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing