Zelenskiy rossiyaliklarga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Olam
−
19 noyabr 2023
7923Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va Mudofaa kengashining rossiyaliklarga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorlarini kuchga kiritadigan ikkita farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident devoni saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur farmonlarga 108 nafar jismoniy shaxs va 37 ta korxona bo‘lgan uchta ro‘yxat ilova qilingan. Shaxsiy sanksiyalar ro‘yxatiga, xususan, tan olinmagan Lugask xalq respublikasi rahbari Leonid Pasechnik, Rossiya tomonidan tayinlangan Qrim rahbari Sergey Aksenov kiradi.
Yangi sanksiyalarga duchor bo‘lganlarning aksariyati Ukrainaning oldingi sanksiyalar ro‘yxatidan ham joy olgan edi. Ushbu sanksiyalar 5 va 10 yil muddatga joriy etilgan bo‘lib, xususan, aktivlarni musodara va blokirovka qilish, xususiylashtirishda ishtirok etishni taqiqlash va aktivlarni Ukraina hududidan olib chiqib ketishni ta’qiqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainada “Maydan 3” tashkil etish va Prezidentni lavozimidan chetlashtirish rejasi borligini aytgandi. Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Zelenskiyning gapini mazax qilib, moskvaliklarning "Maydan 3" ayyor rejasi nomining o‘zi Kiyevning dastlabki ikki “Maydan” davlat to‘ntarishidan boshqa narsa emasligini tan olganini anglatishini bildirgan edi.
LiveBarchasi